"Manchester Yunayted" Jahon chempioni bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 28.01.2026 15:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Football Insider" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida tarkibini yangi darvozabon bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Qizil iblislar" Argentina milliy terma jamoasi va "Aston Villa" posboni Emiliano Martinesga qiziqish bildirmoqda.

Manchesterliklar 33 yoshli jahon chempioni uchun Italiya "Inter" klubi bilan raqobatlashishga ham tayyor. Klub rahbariyati ushbu transfer uchun 46 million yevro taklif qilishni rejalashtirgan.

Ma'lumot uchun, Martines "Aston Villa" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Argentinalik kiper joriy mavsumda Angliya Premier-ligasida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol o'tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!