
“Manchester Yunayted” jiddiy va qimmat transferga qo‘l urdi
“Manchester Yunayted” ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirishda davom etmoqda. Manchesterliklar nishoniga PSJdan ketmoqchi bo‘lib yurgan Randal Kolo Muani tushdi.
Jurnalist Kristofer Mixel xabariga ko‘ra, manchesterliklar hujumchini qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Randal Kolo Muani PSJ safida har doim ham etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Qolaversa, natijalari ham yuqori emas.
25 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi xolos.
Parij klubi bilan yana to‘rt yillik shartnomaga ega futbolchining transfer summasi 40 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar