“Manchester Yunayted” kam gol o‘tkazadigan darvozabon topdi

  • 17 oktabr, 2022, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” darvozasini kelasi mavsumda boshqa posbon qo‘riqlashi mumkin.

Tecno

Diario de Noticias nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar “Portu” darvozaboni Diogu Koshtani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

David de Xeaning amaldagi shartnomasini joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Klubda hamkorlikni bir yilga uzaytirish imkoniyati bor. Biroq, ispaniyalik futbolchi Angliya premer-ligasida eng katta maosh oladigan posbon ekani klub mutasaddilari fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Hozirgi bosh murabbiy Erik ten Xagga Diogu Koshta varianti ma’qul kelgani aytilmoqda. 23 yoshli darvozabon faoliyati davomida jami 159 ta uchrashuvda qatnashib, 166 ta gol o‘tkazgan va 60 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!