"Manchester Yunayted" katta maosh orqali o‘z yetakchisini jamoada olib qolmoqchi

  • 05.03.2026 19:26
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Brunu Fernandesh bilan shartnoma uzaytirmoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandeshni jamoada olib qolishga jiddiy bel bog‘lagan ko‘rinadi. "The Mirror" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mankuniyanliklar futbolchiga haftasiga 400ming funtlik yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Qayd etilishicha, Fernandeshning MYuda qolish yoki qolmasligi jamoaning kelasi mavsumga Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga bog‘liq. Futbolchi uchun ayni vaqtda pul asosiy maqsad emas. Brununing "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda umumiy 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol va 15ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!