"Manchester Yunayted" Kazemiroga yangi shartnoma uchun bir shart qo‘ydi

  • 15 noyabr, 01:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro "Manchester Yunayted"da qolishi mumkin. "Indykaila News"ning xabar berishicha, hozirgi paytda 33 yoshli futbolchining yillik maoshi qariyb 5 million evroga teng.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, ammo Kazemiro 1,6–2 million evro atrofidagi maoshga rozi bo‘lishi kerak. Shuningdek, hozirda futbolchi Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokaralar olib borayotgani ta’kidlangan.

Joriy mavsumda Kazemiro Angliya Premer-ligasida o‘nta o‘yinda ishtirok etdi, uchta gol urdi va birta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!