"Manchester Yunayted" La Ligadan futbolchi tanladi

  • 18 yanvar, 2024, 16:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Sosedad” vingeri Mikel Oyarsabal Angliya Premer-ligasining top-klubida ishlash imkoniyatiga ega, deya xabar beradi "Mundo Deportivo" nashri.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchini "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Qizil iblislar” boshliqlarining fikricha, Oyarzabal jamoaning hujum salohiyatini kuchaytira oladi. Mankunianliklar futbolchining 60 million evroga teng bo‘lgan tovon pulini to‘lashga tayyor.

Joriy mavsumda Mikel "Real Sosedad" safida 26 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘nta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ispan klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!