
"Manchester Yunayted" Mario Manjukich transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich transferidan voz kechdi. "Qizil iblislar" tajribali xorvatiyalik futbolchi uchun Italiyaga taklif yubormaydi, uning o‘rniga mankunianliklar yosh futbolchilarga e’tibor qaratmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Mario Manjukich turinliklar libosida rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmadi.
Fikrlar