
“Manchester Yunayted” muhim o‘yin oldidan 13 futbolchisidan ayrildi
Tanqidlar ostida qolib ketgan “Manchester Yunayted” 17 dekabr kuni Angliya Premer-ligasining navbatdagi turidi “Liverpul” mehmoni bo‘ladi.
Muhim bahs oldidan jamoa noxush holatga tushib qoldi. Jamoaning ikki etakchi himoyachisi – Harri Maguayr va Lyuk Shou Chempionlar ligasi doirasida “Bavariya” bilan bo‘lgan uchrashuvda shikastlandi.
Mutaxassislar bu ikki o‘yinchi “Liverpul” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda manchesterliklarga yordam bera olmasligini ta’kidlamoqda.
Sky Sports nashrining yozishicha, murabbiylar shtabi liverpulliklarga qarshi bahsda jami 13 nafar o‘yinchi xizmatidan foydalana olmaydi.
Bu ikki futbolchidan tashqari, Markus Reshford va Antoni Marsyal betobligi, Viktor Lindelof, Kazemiro, Tayrel Malasiya, Lisandro Martines, Kristian Eriksen, Meyson Maunt, Amad Diallo jarohat, Brunu Fernandesh diskvalifikatsiya, Jeydon Sancho jamoadan chetlatilgani bois, bo‘lajak bahsda qatnashmaydi.
Fikrlar