
"Manchester Yunayted" murabbiy qidirayotgan jamoalar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda
Hafta oxirida bo‘lib o‘tadigan Angliya kubogi finali oldidan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning kelajagi haqida mish-mishlar ko‘paygan.
Jamoa Premer-ligani yomon natija bilan yakunlaganidan so‘ng, jamoaning bosh murabbiyi ten Xagning ketishi deyarli aniq. Agar ten Xag jamoani tark etadigan bo‘lsa, Yunayted bu yozda bosh murabbiy qidirayotgan jamoalar qatoridan joy oladi.
The Sun nashrining xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" ten Xag ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga Pochettino bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor.
Xabaringiz bor, "Chelsi" Maurisio Pochettino bilan xayrlashganidan so‘ng, yangi murabbiy uchun kurashda "Brayton" ga qo‘shilgan bo‘lsa, "Vest Xem" Xulen Lopetegini Devid Moyes o‘rniga olib kelmoqchi. "Liverpul" esa allaqachon Arne Slot Yurgen Kloppning o‘rniga kelishini e’lon qilgan edi.
Jahongir Inomjonov
Fikrlar