
“Manchester Yunayted” oladigan futbolchilar ro‘yxati oshkor bo‘ldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibni kuchaytirish ilinjida yurgan bosh murabbiy Sulsherga bir necha yangi o‘yinchilar uchun katta mablag‘ ajratishga rozi bo‘ldi.
Shunga qaramay, mablag‘lar maqsadli sarflanishi talab etiladi. Birinchi navbatda, manchesterliklarga to‘purar hujumchi va markaziy himoyachi kerak bo‘ladi.
Ayni paytda Sulsherning ro‘yxatidan Erling Xoland, Jyul Kunde, Dayot Upamekano, Ibraima Konate va Jeydon Sancho kabi futbolchilar o‘rin olgan.
Fikrlar