Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Manchester Yunayted” o‘yinchi so‘rab, “Real”ga murojaat qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ularga kim kerak?

“Manchester Yunayted” bosh murabbiylik Ruben Amorim kelganidan keyin tarkibni kuchaytirishga qaror qildi.

Transfer News Live va Bernabeu Digital kabi manbalarning ma’lum qilishicha, manchesterliklar “Real”dan o‘yinchi olmoqchi.

Bu gal Angliya superklubining nishoniga universal yarim himoyachi Eduardo Kamavinga tushgan. Manchesterliklar “Qirollik klubi”dan o‘yinchining transferiga oid ma’lumotlarni so‘ragani aytilmoqda.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchining o‘zi Madriddan hech qaerga ketmoqchi emas. Xususan, “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tish varianti ham frantsiyalik futbolchini umuman qiziqtirgani yo‘q.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q