“Manchester Yunayted” o‘z yulduziga kutilmagan narx belgiladi
“Manchester Yunayted” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilishi haqidagi xabarlar tarqatilmoqda.
Yangi bosh murabbiy Ruben Amorim klub rahbariyatiga o‘ziga kerakli o‘yinchilar ro‘yxatini taqdim qildi va qolganlari tez orada sotib yuboriladi.
Portugaliyalik mutaxassis ishonch bildirmoqchi bo‘lgan futbolchilar orasida “Yunayted” tarbiyalanuvchisi Markus Reshford yo‘q. 27 yoshli hujumchi sotib yuborilishi kutilyapti.
Markus so‘nggi mavsumlarda kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Klub 2023 yili o‘z yulduzini 100 million funtga baholagan edi. Endi Reshfordni olmoqchi bo‘lgan xaridor bu masalani 40 million funt evaziga hal qilishi mumkin.
Reshford hozir haftasiga 325 ming funt maosh olyapti. Agar jamoadan ketadigan bo‘lsa, klubga moliyaviy feyr-pley bosimi ancha engillashadi.
Fikrlar