
"Manchester Yunayted" o‘ziga Bundesligadan zo‘r hujumchi topdi
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, “qizil iblislar” bu borada “RB Leyptsig” hujumchisi Benyamin Sheshkoga qiziqish bildirishmoqda. Aytish joizki, uzoq vaqtdan beri Sheshkoning Angliya Premer-ligasi top-klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi borasida mish-mishlar mavjud.
Sloveniyalik futbolchi "RB Leyptsig" safiga 2023 yilning yozida "Red Bull Zaltsburg"dan ko‘chib o‘tgan. O‘tgan vaqt mobaynida Sheshko nemis grandi safida 48 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 21 yoshli Benyamin Sheshkoni 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar