“Manchester Yunayted” Ronaldu bo‘yicha qarorini ma’lum qildi

  • 03.07.2022 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Krishtianu Ronaldu “Manchester  Yunayted”dan ketib,  Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klublardan biriga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Klub rahbariyati portugaliyalik yulduz bo‘yicha bir qarorga keldi. Unga ko‘ra, manchesterliklar Ronalduni Angliya premer-ligasi klublariga o‘tishiga yo‘q qo‘ymaydi.

Qizig‘i shundaki, Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor bo‘lgan va Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega yagona klub “Chelsi” hisoblanadi.

Klub rahbariyatining bu qarori Ronalduning yo‘lini to‘sishi aniq. Chunki Angliyadan boshqa chempionatlar vakillari 37 yoshli futbolchining maosh bo‘yicha talablarini ko‘tara olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!