"Manchester Yunayted" Sandro Tonalini sotib olishni xohlamoqda
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali "Manchester Yunayted"ning yarim himoya pozitsiyasida birinchi o‘rinda turgan transfer hisoblanmoqda, deydi jurnalist Matteo Moretto.
Uning transfer imkoniyati keyingi haftalarda aniq bo‘ladi. Shu bilan birga, "Manchester Siti" ham italyalik futbolchini kuzatib bormoqda. Tonalini taxminan 100 million yevroga baholashmoqda.
25 yoshli futbolchining "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda Tonali APLda 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar