"Manchester Yunayted" Sheshko uchun rasmiy taklif berishga tayyor

  • 01.08.2025 02:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" Sheshko transferi bo‘yicha "Leyptsig"ni xabardor qilgan. Agar sloveniyalik hujumchi o‘tishga rozilik bersa, mankunianliklar rasmiy taklif yuborishga tayyor.

Shuningdek, "Nyukasl" ham Bundesliga klubiga taklif taqdim etish va Sheshkoning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor ekani ma’lum qilingan.

Benjamin Sesko of RB Leipzig applauds the fans after defeating VfL Wolfsburg during the Bundesliga match between VfL Wolfsburg and RB Leipzig at the...

Avvalroq "Leyptsig" o‘zining asosiy to‘purari uchun 75 million evro va bonuslar talab qilmoqda, deb xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!