“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi vafot etdi

  • 18 aprel, 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Jo Tompson og‘ir hastalikdan keyin 36 yoshida bu hayotni tark etdi. Bu haqda manchesterliklarning rasmiy sayti e’lon berdi.

Tompson uzoq vaqt mobaynida “Xopkins limfomasi” kasalligi bilan kurashib keldi. Ikki bor sobiq futbolchi bu hastalikning salbiy ta’sirini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq keyinchalik bu dard yana kuchaydi.

“Yunayted” tarbiyalagan iste’dodli futbolchi aynan mana shu kasallik tufayli 30 yoshida professional faoliyatini tugatishga majbur bo‘ldi.

Futboldan keyin Tompson radioda va “Manchester Yunayted” klubi televideniesida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!