"Manchester Yunayted" transfer ortidan katta zarar ko‘rgan
CIES Football Observatory so‘nggi 10 yil ichida Evropaning top 5 ligasida transferlar uchun ortiqcha sarflangan mablag‘lar reytingini e’lon qildi.
"Manchester Yunayted" reytingida birinchi o‘rinni egalladi. “Qizil iblislar”ning 2012 yil iyulidan 2021 yil noyabrigacha amalga oshirgan 33 ta transfer narxi bo‘yicha umumiy qiymatdan 238 million evroga qimmatroq. Bu vaqt ichida klub rahbariyati barcha xaridlar uchun taxminan 1,59 milliard evro to‘lagan.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda “Yuventus” (234 million evro) hamda PSJ (162 million evro) egallab turibdi.
Kuchli beshlikka “Aston Villa” (149 million evro) va “Chelsi” (135 million evro) yakun yasagan.

Fikrlar