Asosiy mazmunga oʻtish

«Manchester Yunayted» va «Chelsi» «Sporting» futbolchisiga taklif tayyorlamoqda

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» va «Chelsi» 19 yoshli «Sporting» vingeri Flaviu Gonsalvesh uchun 45–50 million yevro taklif qilishga tayyor.

«Manchester Yunayted» va «Chelsi» Lissabonning «Sporting» jamoasi tarkibida to‘p surib kelayotgan 19 yoshli vinger Flaviu Gonsalveshni qishki transfer oynasidan foydalanib qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ingliz grandalari yosh futbolchi uchun 45–50 million yevro atrofida taklif berishga tayyor. Shu bilan birga, uning amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov miqdori 60 million yevroni tashkil etadi.

«Sporting» esa iqtidorlu vingerdan voz kechish niyatida emas. Klub rahbariyati futbolchi bilan shartnomani uzaytirish, shu orqali to‘lov miqdorini taxminan 100 million yevro atrofiga oshirishni rejalashtirmoqda. Gonsalveshning hozirgi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan, biroq yangi bitim bo‘yicha muzokaralarda hozircha sezilarli siljish kuzatilmayapti.

Portugaliyalik futbolchi hujumning har ikki qanotida, shuningdek, hujumkor yarimhimoyachi sifatida ham o‘ynay oladi. Skautlar uning tezkor start olish qobiliyati, driblingi va tor maydonda to‘p bilan muomala qilish mahoratini alohida qayd etmoqda. Gonsalvesh o‘yinni Ispaniya va Italiya klublari vakillari ham kuzatib bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q