
"Manchester Yunayted" yana bir iste’dodli yarim himoyachini nishonga oldi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Karlos Baleba transferi bo‘yicha "Brayton" klubi bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda "L’Equipe" va "The Athletic" nashrlari xabar berdi.
Mankunianlar futbolchining narxi juda yuqori bo‘lishini biladilar. Eslatib o‘tamiz, qishda "Manchester Siti" ham Balebaga qiziqish bildirgan, ammo 120 million evroga yaqin talab qilinayotgan summani to‘lashni istamagandi.
Kamerunlik futbolchiga "Liverpul" va "Arsenal" klublari ham qiziqmoqda. Shunga qaramay, hozircha asosiy da’vogar sifatida aynan MYu ko‘rsatilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, agar Baleba 30 million evroga yuqori narxda sotilsa, uning sobiq jamoasi "Lill" transferdan tushadigan foydaning 20 foizini oladi.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi "Brayton" safida umumiy 77 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar