"Manchester Yunayted" yana bir murabbiy variantini ko‘rib chiqmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovač "Manchester Yunayted"da ish boshlashi mumkin.
Germaniyaning "Borussiya Dortmund" klubida faoliyat olib borayotgan Niko Kovač xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Asalarilar" ustoziga Londonning "Chelsi" klubi ham daʼvogarlik qilgan edi. Biroq xorvatiyalik mutaxassis mavsumning qaynoq pallasida jamoasini almashtirishni istamadi. Shu sababdan "aristokratlar" Liam Rosenyor variantini maʼqul ko‘rdi. Kovačning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.
Maʼlumot uchun, dortmundliklar Bundesligada ikkinchi pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar