
“Manchester Yunayted” yana bir transferni ko‘zladi
“Manchester Yunayted” klubi “Monako” himoyachisi Benua Badyashil uchun kurashga qo‘shildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, monakoliklar bu o‘yinchi uchun 58 million evro talab qilmoqda. Summa katta bo‘lishiga qaramay, xaridorlar soni ortib bormoqda.
Benua manchesterliklardan tashqari “Yuventus”, “Sevilya”, “Nyukasl”, “Vest Xem”, “Roma” va “RB Leyptsig” kabi klublar nishonida turibdi.
Badyashil “Monako” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 21 yoshli futbolchi jamoa asosiy tarkibida jami 119 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va uchta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar