
"Manchester Yunayted" yangi himoyachi sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" "Napoli" futbolchisi Kim Min Jeni sotib olishga harakat qilmoqda, deya xabar bermoqda "Daily Mail" nashri. Ushbu transferni shaxsan Erik Ten Hagning o‘zi xohlamoqda.
Angliya klubi himoyachini oldin ham sotib olishga uringan. Ammo o‘sha vaqtda talab qilingan 3 million evroni to‘lashni istamagan. Keyin Kim Min Je "Fenerbaxche" jamoasiga o‘tgan. Yozda "Napoli" futbolchini 18 million evroga sotib oldi. Uning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.
Manbaning ta’kidlashicha, "Napoli"ning o‘zi ham 26 yoshli himoyachini klubda olib qolishni istaydi va yangilangan shartnomani berishga tayyorlanmoqda.
Fikrlar