“Manchester Yunayted” yangi o‘yinchi olyapti

  • 19 oktabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” tarkibni kuchaytirish uchun “Benfika”ning 19 yoshli futbolchisi Joau Neveshni xarid qilmoqchi. Tayanch yarim himoyachisi maydon markazini mustahkamlishi kerakligi aytilmoqda.

Taniqli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, manchesterliklar lissabonliklar bilan mavsum tugaganidan keyin muzokaraga kirishmoqchi. “Manchester Yunayted” skautlari anchadan beri Neveshning o‘yinlarini kuzatib kelmoqda va mutasaddilarga o‘z xulosalarini etkayapti.

“Benfika” yarim himoyachisiga Evropaning bir necha klublaridan qiziqish bor. Neveshning shartnomasida uning  transfer uchun badal summasi 60 million evro ekani ko‘rsatilgan.

Transfermarkt portali esa, “Benfika” bilan yana besh yillik shartnomasi bor o‘yinchini 20 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!