“Manchester Yunayted” yozda “bomba” transferga qo‘l urmoqchi

  • 23 yanvar, 12:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning urugvaylik hujumchisi Darvin Nunes “Enfild”dagi sarguzashtlarini yakunlashga yaqin turibdi.

Tecno

Jismonan baquvvat futbolchiga Evropaning bir necha klubi ko‘z tikmoqda. Xususan, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim uni asosiy hujumchiga aylantirishni rejalashtirib qo‘ygan.

Portugaliyalik mutaxassisga Nunesning jismonan baquvvatligi va gol sezish hissi o‘tkirligi ma’qul kelmoqda. Amorim Nunes uning hujumchilarga qo‘yayotgan talablariga to‘liq mos tushadi, degan fikrni bildirmoqda.

Nunes “Penyarol” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Evropaga 2019 yili olib kelingan va dastlab Ispaniya chempionatida “Almeriya” jamoasi sharafini himoya qilgan. Keyin “Benfika”da ikki yil o‘ynaganidan keyin “Liverpul” 2022 yili uni 85 million evroga transfer qildi.

Darvin Angliya Premer-ligasida sermahsullik namoyish qila olmadi. Hozir uning transfer summasi 65 million evroga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!