
“Manchester Yunayted” yulduz uchun kurashdan chiqdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona” yulduzlaridan biri Usmon Dembeleni transfer qilish fikridan qaytdi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, manchesterliklar frantsiyalik hujumkor futbolchini erkin agent sifatida kelsa ham tarkibga qo‘shmaydi. Ular bu o‘yinchining jarohatga yuqori darajada moyilligidan hayiqmoqda.
O‘tgan haftada Dembele Frantsiya terma jamoasi tarkibida Evropa chempionati doirasidagi uchrashuvda shikastlanib, kamida to‘rt oyga saydan chiqdi. Futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi.
Fikrlar