“Manchester Yunayted” yulduzi “Bavariya” taklifini rad etdi

  • 25.06.2024 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”ning braziliyalik futbolchisi Kazemiro faoliyatini Bundesligada davom ettirish imkoniga ega bo‘lgandi.

Trivela nashrining xabar berishicha, 32 yoshli tayan yarim himoyachisiga “Bavariya”dan chorlov bo‘lgan. Biroq mashhur futbolchi nemislarga rad javobini berdi.

“Real”da katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan Kazemiro Manchesterga 2022 yilning yozida ko‘chib o‘tgan edi. Biroq keyin mavsumlarda tajribali yarim himoyachining o‘yini ko‘p tanqid qilinmoqda.

Kazemiro oldida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tib, moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab olish variantini ham bor. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!