“Manchester Yunayted” zo‘r futbolchi topdi

  • 7 yanvar, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoa o‘yinini yangi ijrochilar evaziga kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Klub skautlari jamoaga mos keladigan o‘yinchilar tanlash bilan bandi

Manchesterliklarga kerakli bo‘lgan futbolchilardan biri “Kristal Pelas”dan topildi. Bu jamoaning frantsiyalik legioneri Maykl Olise tez orada Erik ten Xag qo‘l ostiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

“Manchester Yunayted” mutasaddilari Olisening transferini kelasi yozda amalga oshirishga harakat qilib ko‘radi.

Maykl bir necha oy muqaddam hozirgi jamoasi bilan to‘rt yillik yangi bitimga imzo chekkan. Unga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi 2024 yilning yozida boshqa klubdan taklif bo‘lgan taqdirda transfer qilinishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

22 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
07/01/2024 16:07
МЮ га уйинчимас, Бошка мураббий керак