“Manchester Yunayted” zo‘r o‘yinchi topdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida “Chelsi” hujumkor futbolchisi Kristian Pulishichga og‘iz solmoqda, deb xabar tarqatdi The Athletic nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar amerikalik futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni rejalashtirgan.
Kristian Pulishich joriy yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatigacha sport formasini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun muntazam maydonga tushishni istayapti. Biroq, “aristokratlar” bosh murabbiyi uni asosiy tarkibning muqim o‘yinchisi hisoblamaydi.
24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum ham premer-ligada atishi 22 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Shunga qaramay, raqiblar darvozasiga olti marta yo‘l topa oldi.
Fikrlar