
“Manchester Yunayted” zo‘r to‘purar uchun kurashga qo‘shildi
“Barselona”ning 33 yoshli hujumchisi Per Emerik Obameyang Angliya premer-ligasiga qaytishi kutilyapti.
Gabonlik to‘purarga asosiy da’vogar sifatida “Chelsi” e’tirof etilayotgan edi. Biroq, kurashga “Manchester Yunayted”ning qo‘shilgani vaziyatni keskin o‘zgartirib yubordi.
Erik ten Xag ko‘p gol ura oladigan o‘yinchiga ehtiyoj sezmoqda. Bu ko‘proq Krishtianu Ronalduning hamon ketish istagida yurgani va yuqori sport formasini tiklab ulgurmagani bilan bog‘liq.
Shu bois, manchesterliklar yozgi transferlari yopilgunicha Obameyangni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
“Barselona”dan shu yilning boshidan beri to‘p tepayotgan hujumchi 24 ta uchrashuvda o‘n uchta gol urishga erishdi.
Fikrlar