"Manchester Yunayted"da debyut qilishga ulgurmagan futbolchi sog‘aydi

  • 09.10.2024 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Himoyachi Leni Yoro "Manchester Yunayted"ga o‘tganidan so‘ng darhol jarohat olgan edi. Futbolchi yaqinda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga maxsus yugurish yo‘lakchasida mashq qilayotgani aks etgan videosini joylashtirdi.

"Qaytish yo‘lida", - deb yozgan Yoro.

Aytish joizki, 18 yoshli frantsiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" tarkibiga yozgi transferlar davrida "Lill"dan kelib qo‘shldi. U hali "qizil iblislar" safida rasmiy debyut o‘yinini o‘tkazmagan. Yoro "Arsenal"ga qarshi bo‘lib o‘tgan mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi.

«Manchester Yunayted» ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 19 oktyabr, shanba kuni "Brentford"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!