“Manchester Yunayted”da Ruben Amorim “sinib” qoldi

  • 29.09.2025 13:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Portugaliyalik tajribali mutaxassis Ruber Amorim “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olganidan beri xuddi o‘zidan avval ishlagan bir necha murabbiy kabi jamoani inqirozdan olib chiqa olmayapti.

Angliya Premer-ligasining oltinchi turida “Manchester Yunayted” safar uchrashuvida “Brentford”ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin Ruben Amorim jamoasi musobaqa jadvalida 14-pog‘onaga tushib ketdi.

Centredevils nashrining yozishicha, portugaliyalik murabbiy “Olt Trafford”dagi vaziyat va muvaffaqiyatsizliklardan keyin ruhan “sinib” qolgan. Klubdagi holatni kuzatib borayotgan avvalgi Ruben Amorimdan asar ham qolmaganini ta’kidlashmoqda.

Klub ichidagi insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, Amorimni “Manchester Yunayted”dagilar “yolg‘iz odam”, deb atay boshlagan.

Ruen Amorim Portugaliya chempionatida “Sporting” bilan katta natijalarni qo‘lga kiritganidan keyin o‘tgan yilning noyabr oyida “Manchester Yunayted” uni bosh murabbiylikka chorlagan edi. Mana qariyb bir yil davomida Amorim vaziyatni o‘nglay olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!