"Manchester Yunayted"ga Abdalla kerak

  • 27.04.2021 14:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Paraganing "Slaviya" klubi hujumchisi Abdalla Sima faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 19 yoshli senegallik futbolchiga “Manchester Yunayted” qiziqib qolgan. “Qizil iblislar” uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olmoqchi.

Abdalla joriy mavsum “Slaviya”da jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga 15 ta gol urdi.

Sima Senegal terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U mamlakat bosh jamoasida 2020 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!