
“Manchester Yunayted”ga o‘tganimga ishonmang!
“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Denni Uelbek ayni paytda “Brayton” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Manchester klubida yuz berayotgan o‘zgarishlar fonida 34 yoshli hujumchi sobiq jamoasiga qaytishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqaldi.
“Manchester Yunayted” tizimida 13 yil yurgan Uelbek bu ma’lumotlarning haqiqatdan uzoqligini ta’kidlab, ularni inkor qildi.
- Bu xabarlar asossiz. Manchesterlik yigit sifatida “Yunayted”ga ushbu klubda faoliyat yuritgan davrimda aloqador bo‘lganman. Hamma narsa o‘zgaradi. Hozir bor e’tiborimni “Brayton”ga qanday foyda keltirishim mumkinligiga qaratganman, - dedi Denni Uelbek.
Uelbek “Manchester Yunayted” va “Brayton”dan tashqari “Preston”, “Sanderlend”, “Arsenal”, “Uotford” kabi jamoalarda ham to‘p tepgan.
Fikrlar