
Ten Xag “Manchester Yunayted”ga birinchi transferni tanladi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar biri sifatida qaralayotgan Erik ten Xag bu jamoani qabul qilib olsa, birinchi bo‘lib qaysi futbolchini olib kelishi ma’lum bo‘ldi.
De Telegraaf nashrining xabar berishicha, niderlandiyalik mutaxassis o‘z qo‘l ostida “Ayaks”da o‘ynayotgan himoyachi Yurrien Timberni o‘zi bilan Manchesterga olib ketmoqchi.
20 yoshli futbolchi “Feyenoord” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Timber 2014 yildan beri “Ayaks” tizimida tarbiyalanmoqda.
Bu o‘yinchi Niderlandiya chempionatida 25 ta uchrashuvda uchta gol urdi va bitta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Manchesterliklar bu transferni amalga oshirish uchun 30 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar