"Manchester Yunayted"ni braziliyalik futbolchi tark etadi
"Manchester Yunayted" shu mavsum yakunlanishi bilan Kazemiro klubni tark etishini e’lon qildi. 33 yoshli braziliyalik futbolchi bu borada fikr bildirdi.
"Men "Manchester Yunayted"ni hayotim davomida hamisha eslab yashayman. Maydonga chiqqan birinchi kunimdanoq men "Old Trafford"dagi ishq va klubga bo‘lgan muhabbatni his qildim, va bu hissalarni endi muxlislar bilan ham bo‘lishyapman.
"Hozir xayrlashish vaqti emas – oldimizda ko‘p xotiralar bor, ularni keyingi to‘rt oy davomida birga yaratishimiz kerak. Bizda hanuz birgalikda kurashish uchun maqsadlar bor. Doimgidek, men klubning muvaffaqiyati uchun barcha kuchimni sarflashga to‘liq e’tibor qarataman", — dedi Kazemiro klubning rasmiy saytida.
Ma’lumot uchun, 25 yanvar kuni "qizil iblislar" mehmonda "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar