“Manchester Yunayted”ni ikki hujumchi hayratga soldi

  • 23 yanvar, 2023, 22:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoaning oldingi chizig‘ini kuchaytirish uchun o‘ziga mos hujumkor futbolchilarni qidirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga  qaraganda, niderlandiyalik mutaxassisni “Ayaks” hujumchisi Muhammad Qudus va “Benfika” to‘purari Gonsalu Ramushning iste’dodi hayratga solgan.

Erik ten Xag bu o‘yinchilarni qishki transferlar vaqtida olib kelishni talab qildi. Biroq, manchesterlik mutasaddilari katta transferlarni yozda amalga oshirish kerakligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Muhammal Qudus Gana va Gonsalu Ramush Portugaliya terma jamoasi safida Qatarda bo‘lgan jahon chempionatida yorqin o‘yin namoyish qilganidan keyin ularning xaridorlari ko‘payib, transfer narxlari ham sezilarli darajada ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!