
“Manchester Yunayted“ni mart oyida jiddiy sinov kutmoqda
MYu klubini mart oyida juda tig‘iz va shu bilan birga, kuchli jamoalarga qarshi taqvim kutib turibdi. Klub muxlislari bu oyni ancha payt esdan chiqarmasligi kutilmoqda.
Demak, mart oyining 1-o‘yini derbi bilan boshlanadi. “Qizil iblislar“ 6 mart kuni “Manchester Siti“ maydoniga tashrif buyuradi.
6 kundan so‘ng klub o‘z uyida “Tottenxem“ni qabul qiladi, oradan 3 kun o‘tib esa Rangnik shogirdlari EChL doirasida “Atletiko“ni mehmon qiladi. 20 mart kunida “mankunianlar“ “Liverpul“ maydoniga safar qiladi.
Shuningdek, asosiy etakchilari to‘p tepadigan Portugaliya terma jamoasi ham ayni mart oyida JCh saralashida ishtirok etadi. Portugallar 24 mart sanasida Turkiyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar