"Manchester Yunayted"ning ushbu yozdagi ilk transferi ma'lum!
Ederson Lourenso "Manchester Yunayted" safiga oʻtadi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, klublar 45 million evrolik transfer boʻyicha barcha hujjatlarni toʻliq yakunlagan. Yaqin vaqt ichida braziliyalik yarim himoyachi "qizil iblislar" bilan mehnat shartnomasini imzolaydi.
Jurnalistning taʼkidlashicha, Ederson xaridi "Manchester Yunayted"ning bu yozdagi birinchi transferi boʻladi.
Oʻtgan mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 41 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi boʻlgan.

Fikrlar