Manchesterda qolmayman, pul ishlagani Saudiyaga ketaman!

  • 5 iyun, 17:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”dagi faoliyati kutilganidek chiqmagan mashhur golkiper Andre Onana faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga yaqin turibdi.

Tecno

Manchesterliklar bu darvozabonni katta umidlar bilan “Inter”dan 47 million funtga transfer qilgan edi. Biroq ikki mavsum davomida Onananing o‘yinida o‘sish bo‘lgani yo‘q.

Klub rahbariyati ayni paytda boshqa posbon qidiryapti va Onanani qo‘yib yuborishga tayyor.  

Daily Star nashrining yozishicha, tajribali darvozabonni “Neom” klubi olib ketishi mumkin. Bu jamoa Saudiya Arabistoni chempionati yuqori divizioniga endigina chiqdi va tarkibini kuchaytirishgat harakat qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, bu klub Saudiya Arabistonining Suveren fondi tomonidan nazorat qilinadi va juda katta moliyaviy imkoniyatlarga ega. Shu bois, ushbu klubning 29 yoshli kamerunlik darvozabon vakillari bilan muzokarasi ijobiy yakunlanish arafasida turgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!