Asosiy mazmunga oʻtish

Manchesterga kelsang, tarixdagi eng qimmat murabbiyga aylanasan

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Katta klubdan taklif

«Manchester Yunayted» Fabian Hyurtselerni Maykl Kerrikning ehtimoliy o‘rinbosarlari ro‘yxatiga kiritdi. Biroq hozirda «Brayton»ni boshqarayotgan murabbiyni taklif qilish mankunianliklarga rekord darajadagi mablag‘ga tushishi mumkin. Bu haqida The Telegraph xabar berdi.

Yozda 33 yoshli germaniyalik mutaxassis «Brayton» bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi. Uning shartnomasida belgilangan tovon puli ko‘rsatilmagan. Shu sababli Hyurtselerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klub «Brayton» rahbariyati bilan bevosita muzokara olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Murabbiylar uchun to‘langan tovon puli bo‘yicha avvalgi rekordlar Grem Potter va Yulian Nagelsman ishtirokidagi bitimlarga tegishli. «Chelsi» Potter uchun «Brayton»ga 21,5 million funt sterling to‘lgan bo‘lsa, «Bavariya» Nagelsmanni «RB Leyptsig»dan olish uchun 21,7 million funt sarflagan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, agar Hyurtseler klubni tark etsa, «Brayton» undan ham kattaroq tovon puli talab qilishi mumkin.

Germaniyalik murabbiyga bo‘lgan qiziqish uning jamoasi erishayotgan natijalar bilan ham bog‘liq. Premyer-liganing yetti turidan keyin «Brayton» uchinchi o‘rinda bormoqda va chempionatdagi boshqa jamoalardan ko‘proq gol urgan.

Shu bilan birga, «Manchester Yunayted»ning ehtimoliy taklifi Hyurtseler albatta hozirgi klubini tark etadi, degani emas. Uni tayinlash mankunianliklar Kerrik bilan xayrlashgan taqdirda ko‘rib chiqiladigan variantlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q