Manchesterliklar asosiy kamchiligini Levandovski yordamida hal qilmoqchi

  • 24.11.2025 03:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional futbolchilik faoliyati davomida top-ligalar orasida Germaniya va Ispaniya chempionatlarida o‘ynagan Robert Levandovski Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin.

Polshalik forvardga anchadan beri ko‘p gol ura oladigan “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildiryapti. Manchesterliklar Bundesliga va La Ligada to‘purarlik mahoratini namoyish qila olgan tajribali hujumchini erkin agent maqomida bepul olish imkonidan foydalanib qolmoqchi.

Transferlar bo‘yicha ekspertlar bu transferning murakkab tomonlarini aniqlab berdi. Xususan. “Manchester Yunayted”ga egalik qiluvchi ser Jim Retkliff qisqa muddatli sarmoyalarni ishga solishni yoqtirmaydi. Levandovski 37 yoshda ekanini hisobga olsak, manchesterliklar unga uzoq muddatli shartnoma bera olmaydi.

Agar klub bosh murabbiy Ruben Amorimning talabini qondirib, Levandovskini transfer qiladigan bo‘lsa, hujumchini 32 million evroga yaqin maoshini pasaytirishga ko‘ndirishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!