Manchesterliklar Bundesligа forvаrdi bilаn muzokarа boshlаdi

  • 19.08.2026 07:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Frayburg» klubi hujumchisi Igor Matanovich yaqin vaqtlarda «Manchester Yunayted» safiga o‘tishi mumkin.

Transfer News Live nashrining CaughtOffside manbasiga tayanib xabar berishicha, manchesterliklar 23 yoshli futbolchi bo‘yicha allaqachon dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar klub Joshua Zirkzee bilan xayrlashsa, xorvat hujumchi uchun rasmiy taklif yo‘llanishi mumkin. Matanovichning holatini Angliyaning yana bir grandi — «Tottenxem» ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Igor Matanovich o‘tgan mavsumda «Frayburg» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 50 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi. 

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 22 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!