Manchesterliklar “Real” olayotgan yulduzni katta pul bilan o‘ziga og‘diryapti

  • 12 iyul, 2024, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa matbuoti “Real” klubi “Lill”ning 18 yoshli himoyachisi Leni Yoroni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turganini yozmoqda.

Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” katta xarajatlar evaziga bu transferni barbod qilishi mumkin.

Jurnalist Nabil Jellitning yozishicha, “Manchester Yunayted” Leni Yoro transferi uchun frantsuzlarga 50 million evro va yana qo‘shimcha bonuslar va’da qilyapti. Bu summa “Real” taklif qilgan mablag‘dan sezilarli darajada ko‘pligi aytilmoqda.

 Manbaga ko‘ra, “Lill” rahbariyati manchesterliklarning taklifini qabul qilishni ma’qul ko‘rgan.

Leni Yoro uchun “Real” varianti birlamchi hisoblanadi. Biroq “Manchester Yunayted” mutasaddilari o‘yinchini Madridga ko‘chib o‘tish fikridan qaytarishga urinib ko‘radi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!