Manchesterliklar “Real” yulduziga taklif yubordi

  • 11.02.2026 07:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Fichajes nashri ma’lumotiga ko‘ra, manchesterliklar  himoya markaziga “Real”ning mahoratli o‘yinchisi Eder Militaoni olib kelishni rejalashtirib qo‘ygan.

O‘z rejasini amalga oshirish uchun “Manchester Yunayted” mutasaddilari “Qirollik klubi”ga Militao uchun 40 million yevro miqdorida badal puli taklif qildi. Ayni paytda “Real” bu taklifni ko‘rib chiqmoqda.

Madridlik o‘z javobini yozgacha aytishi kutilyapti. Aslida “Qirollik klubi” Militao qo‘yib yuborishga qarshi emas. Klub yozda himoya markazini yashartirish va yangi ijrochilarni olib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Joriy mavsum boshlanganidan beri Eder Militao 16 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bir gol urdi va bitta golli pas berdi.

2019 yildan beri “Real” sharafini himoya qilayotgan braziliyalik legionerning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar davom etishi belgilab qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!