
Manchesterliklar superhujumchidan keyin yana uchta futbolchi oladi
“Manchester Yunayted” mutasaddilari yangi mavsum oldidan tarkibini Brayan Mbemo bilan kuchaytirib oldi. Manbalarning tasdiqlashicha, Ruben Amorim jamoasi bu hujumchi uchun “Brentford”ga 70 million funtdan ko‘proq mablag‘ to‘laydigan bo‘ldi.
Daily Express nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, manchesterliklar bu bilan to‘xtamaydi va yana uch nafar futbolchi transferi bo‘yicha ishlaydi.
Xususan, klub jarohat olgan asosiy darvozabon o‘rniga “Antverpen”dan Senne Lammensni olib kelmoqchi. Bu posbon jamoaga 17 million funtga tushadi.
Manchesterliklar “Brayton” himoyachisi Pervis Estupinyanni olish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Shuningdek, “Aston Villa” to‘purari Olli Uotkins ham “Yunayted”ga taklif etiladi.
Fikrlar