
Manchesterlik uch futbolchi bilan xayrlashadi
“Manchester Yunayted” rahbariyati joriy mavsum yakunlanganidan keyin uch nafar futbolchisini erkin agent sifatida bepul qo‘yib yuborishga qaror qildi. Bu haqda The Sun nashri ma’lumot chiqardi.
Manbaga ko‘ra, klub xo‘jayinlari maydon markaziga yangi ijrochi olish uchun katta transferga qo‘l urmoqchi va mablag‘ bo‘shatish, tarkibdan joy ochish uchun 30 iyunda shartnomasi tugaydigan birdaniga uch futbolchidan voz kechishga tayyor. Bu o‘yinchilarga yangi bitim berilmaydi.
Klub keyingi mavsumdan 33 yoshli Kazemironing xizmatlaridan foydalanmoqchi emas. Braziliyalik yulduz jamoada eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan biri hisoblanadi.
Manchesterliklar yozda “Aston Villa”ga ijaraga jo‘natilgan qanot hujumchisi Jeydon Sanchodan ham tezroq qutilishni istayapti. Chap qanot himoyachisi Tirell Malasia ham o‘ziga yangi jamoa topishi talab etiladi. Yozda “Manchester Yunayted” uni Turkiya chempionatiga yubormoqchi bo‘lgandi, biroq transfer oxiriga etmay qoldi.
Fikrlar