
Mane "Bavariya"dan ketishi haqida ta’sirli gaplar aytdi!
"Bavariya" futbolchisi Sadio Mane Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tyapti. U "An-Nasr" uchun Dubayda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgani haqida xabar berildi.
Futbolchi Myunxen klubidan ketishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Bavariya"ni tark etish - og‘riqli jarayon. Boshqacha yakun bo‘lishini kutgandim. Klubga qo‘limdan kelgancha yordam berishni xohlagandim.
Jamoaga mavsum davomida yordam bera olishimni bilardim. Shunga qaramay, men jamoaga va uning muxlislariga kelajakda muvaffaqiyatlar tilab qolaman", - dedi futbolchi.
Fikrlar