Mane "Chelsi" afsonasining natijasini takrorladi

  • 04.05.2022 11:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasidagi "Liverpul" hamda "Vilyarreal" jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvida mersisaydliklar yulduzi Sadio Mane gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu orqali senegallik futbolchi qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri pley-off o‘yinlarida kiritgan gollari sonini 15 taga etkazib oldi. 

Taqqoslash uchun Angliyaning boshqa bir top-klubi "Chelsi" afsonasi Frenk Lempard ham bu bosqich bahslarida shuncha marotaba raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Maneda o‘z ko‘rsatkichni yaxshilab olish imkoni mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!