Mane: "Men Salohdan omadliroqman"

  • 30 mart, 2022, 18:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Senegal terma jamoasi vingeri Sadio Mane Misr ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Aytishicha, uning katta orzusi amalga oshdi.

"Men Salohga qarshi o‘yinlarda ikki marta, u esa bir marta g‘alaba qozondi. Bu borada men omadliroq ekanman.

Shuningdek, Afrika millatlar kubogida chempion bo‘lganimiz va Jahon chempionatiga yo‘l olganimizdan faxrlanaman. Bu mening katta orzularimdan biri edi.  

Misr uchun ham, biz uchun ham kechagi bahs og‘ir o‘tdi. Biroq muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi bizga kuch berdi", - dedi "Liverpul" futbolchisi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!